locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: «Bu yil ozgina yetmadi»

«Paxtakor» ustozi «Qizilqum»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Kamoliddin Tojiyev: «Bu yil ozgina yetmadi»
photo: Paxtakor FK

«Paxtakor» klubi Navoiyda «Qizilqum» ustidan 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvdan keyin «Paxtakor» bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yinni yaxshi boshladik. 1-daqiqadan to 90-daqiqagacha o‘yin bizning qo‘l ostimizda o‘tdi. Imkoniyatlardan fodalandik. Ko‘p jarohat olgan futbolchilarimiz bor. Shunga qaramasdan, yoshlarimiz maydonga chiqishdi va ular yo‘qolib qolishmadi, jamoaga yordam berishdi. Oxirigacha kurashishgani uchun yigitlarga rahmat aytaman. Bu g‘alaba bizga muhim edi.

- Parallel ravishda «Neftchi»ning o‘yinini ko‘rib bordingizmi?

- Yo‘q. Endi kirib ko‘rdim.

- «Paxtakor» qaysi pallada chempionlik kurashidan chiqib ketdi, deb o‘ylaysiz? O‘zaro o‘yindan keyinmi yoki undan so‘ng ham imkoniyat bormidi?

- O‘zaro o‘yinda desak bo‘ladi. Bundan tashqari, ko‘p joyda ochkolarni yo‘qotgandik.

- O‘yin qaydnomasida Ayman Xussayn yo‘q edi. Buning sababi nimada? Yoki ketdimi, klubdan?

- Yo‘q, Ayman Xussayn bor. Aytyapman-ku, 7 nafar futbolchimiz jarohatda. Ular Toshkentda qoldi, jarohatini tiklashyapti.

- «Paxtakor» muxlislari jamoadan doim chempionlikni talab qilishadi. Ammo qatorasiga ikki mavsumdan beri chempionlikni qo‘lga kirita olmayapti.

- O‘tgan yili pastroqda edik, keyin ikkinchi o‘rinni olib, Kubokni yutdik. Bu yil ozgina yetmadi. Buni o‘ziga yarasha sabablari bor.

- Chempionlik yo‘lida seleksiyada xatolar bo‘ldimi yoki boshqa sabablari bormi?

- Yo‘q, seleksiyada emas. Boshqa sabablar. Ha, hujumda ozgina oqsadik, ammo boshqa omillari ham bor», - deya Tojiyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting