«An Nasr» futbol tarixida yangi jahon rekordini o‘rnatdi
Riyod klubi ketma-ket 100 ta liga bahsida gol urgan tarixdagi ilk jamoaga aylandi.
Futbol
photo: gettyimages
«An Nasr» Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 13-turida «Al Hazm» darvozasiga gol urib, futbol tarixidagi noyob natijani qayd etdi. Shu tariqa jamoa chempionatdagi ketma-ket 100 ta bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan ilk klubga aylandi.
Mazkur rekord Samu Koshta tomonidan 26-daqiqada kiritilgan gol evaziga qayd etildi. «An Nasr» klubi ushbu natijani jahon rekordi sifatida e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Riyod klubi 2026 yil sentyabr oyida ketma-ket 94 ta liga bahsida g‘alaba qozonish orqali Argentina «River Pleyt»ining 1936–1939 yillarda qayd etgan 93 o‘yinlik seriyasidan o‘zib ketgandi.