Sindarov va Gukesh shaxmat toji uchun matchning to‘rtinchi partiyasida ham durang o‘ynadi
hveysariyaning Jeneva shahrida shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi bahsi davom etmoqda. Beshinchi partiya 29 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
Boshqa sport turlari
photo: gettyimages
Shveysariyaning Jeneva shahrida shaxmat toji uchun FIDE Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov hamda amaldagi Jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi to‘rtinchi partiyada ham tomonlar murosaga keldi.
Bu safargi qarama-qarshilikda Gukesh oq, Sindorov esa qora donalarda harakat qildi. 34-yurishiga kelib vaziyat uch marta takrorlangani sababli bahs durang bilan yakunlandi. Shu tariqa, to‘rt partiyadan so‘ng matchdagi umumiy hisob 2:2 ko‘rinishiga keldi.
Shaxmatchilar o‘rtasidagi beshinchi partiya 29 noyabr, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.