locale OZ

Vali Sultonov: «Qo‘qon-1912» jamoasi ham bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi»

«Xorazm» bosh murabbiyi qo‘qonliklarga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Vali Sultonov: «Qo‘qon-1912» jamoasi ham bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi»
photo: Xorazm fk

«Xorazm» klubi Qo‘qonda mezbonlar darvozasiga javobsiz ikkita gol urgan holda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mazkur bahsdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Vali Sultonov matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.

- Bugungi g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Qolaversa, o‘yin juda chiroyli bo‘ldi. Yigitlarimiz murabbiylar shtabi tomonidan ko‘rsatilgan barcha vazifalarni bajarishdi. Hammasini tabriklayman. «Qo‘qon-1912» jamoasi ham bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ularga omad tilayman. Oldimizda yana bitta o‘yin bor va shunga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

- O‘tish o‘yinlarida Superliga klublari proliga vakillari bilan o‘ynaydi. Shunday ekan, proliga jamoalarini ham kuzatyapsizlarmi?

- To‘g‘ri, o‘tish o‘yin bo‘ladi. Ammo oldimizda Superligada yana bitta o‘yinimiz bor. Bu taqdir, ko‘ramiz. Oxirgi uchrashuvdan keyin hal bo‘ladi. Barcha klublarga omad tilaymiz», - deya Vali Sultonovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting