locale OZ

Trent Aleksander-Arnold “Real Madrid”ni tark etishi mumkin

Joze Mourinyo o‘ng qanot himoyasida Federiko Valverde va Denzel Dumfrisga ko‘proq ishonch bildirmoqda.
Futbol
Trent Aleksander-Arnold “Real Madrid”ni tark etishi mumkin
Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi angliyalik himoyachi Trent Aleksander-Arnoldni qishki transfer oynasida sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda FootballTransfers nashri Sky Germany’ga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Joze Mourinyo o‘ng qanot himoyasida Federiko Valverde va Denzel Dumfrisga ko‘proq ishonch bildirmoqda. Natijada angliyalik futbolchi ushbu pozitsiyada uchinchi tanlovga aylanib qolgan.

Himoyachining xizmatlariga “Arsenal”, “Chelsi” va uning sobiq jamoasi “Liverpul” qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Biroq taniqli insayder Fabritsio Romano futbolchi Madridda o‘z o‘rni uchun kurashishda davom etmoqchi ekanini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, FootballTransfers portali 28 yoshli futbolchining taxminiy transfer qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting