Superliga. «Xorazm» mehmonda «Bunyodkor»dan ustun keldi
Superliga 27-turining ilk bellashuvida «Xorazm» klubi Toshkentda «Bunyodkor» bilan bellashdi. Unda Vali Sultonov jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab Suhrob Izzatov hisobni ochdi. 33-daqiqada Matiya Krivokapich muvozanatni tikladi. Oradan 4 daqiqad o‘tib, Azizbek Pirmuhammadov urganchliklarning g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Xorazm» ochkolari sonini 26 taga yetkazib, 13-o‘ringa ko‘tarildi. «Bunyodkor» esa shuncha ochko bilan 14-pog‘onaga tushdi.
Superliga. 27-tur
Bunyodkor – Xorazm 1:2
Gollar: Suhrob Izzatov, 5 (0:1), Matiya Krivokapich, 33 (1:1), Azizbek Pirmuhammadov, 37 (1:2)
Bunyodkor: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Sardor Rahmonov (74.Ivan Bukrin, 69'), 9.Matiya Krivokapich, 10.Amir To‘raqulov, 13.Muhammad Hakimov, 17.Muzaffar Olimjonov (11.Sardor Abdunabiyev, 64'), 18.Narimonjon Ahmadjonov, 27.Islom Anvarov (21.Nosir Abdusalomov, 57'), 42.Abdulhamid Ikromov (14.Shahzodjon Ne’matjonov, 64'), 45.Shamsiddin Tursunmahammadov, 66.Azizbek To‘lqunbekov.
Xorazm: 77.Umidjon Ergashev, 9.Sardor Azimov (7.Temurbek Ismailov, 57'), 10.Rafael Tavaresh, 13.Elzio Lohan, 15.Diyor Ortiqboyev, 17.Danil Nugumanov, 25.Matiya Rom, 34.Suhrob Izzatov, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 94.Rustamjon Abduhamidov, 96.Rafael Sabino (12.Maksim Shiryayev, 71').