locale OZ

Harri Keyn Yevropaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylandi

33 yoshli angliyalikning yangi kelishuvi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Futbol
Harri Keyn Yevropaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylandi
Foto: Getty Images

“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn Myunxen klubi bilan shartnomasini uzaytirganidan so‘ng Yevropaning eng yuqori maosh oladigan futbolchisiga aylandi. 33 yoshli angliyalikning yangi kelishuvi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi. Mazkur bitim “Bavariya” tarixidagi eng qimmat shartnoma sifatida baholanmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Keyn yangi kelishuv asosida Yevropadagi eng yuqori kafolatlangan maoshga ega futbolchiga aylangan. Bunda qo‘shimcha mukofot pullari hisobga olinmagan. Ayrim yulduzlarning bonuslar bilan birgalikdagi umumiy daromadi angliyalik hujumchinikidan yuqori bo‘lishi mumkin. Shartnomaning aniq moliyaviy tafsilotlari oshkor etilmagan.

“Bavariya” rahbariyati Keyn bilan uzoq muddatli hamkorlikni davom ettirishni maqsad qilgan. Klub ushbu shartnomani futbolchining Myunxendagi so‘nggi kelishuvi deb hisoblamayapti. Hujumchining o‘zi ham yangi bitimdan mamnunligini bildirib, “Bavariya”da o‘zini uydagidek his qilayotganini va jamoa bilan yana ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishni istashini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Harri Keyn 2023-yilda “Tottenhem”dan “Bavariya”ga transfer qilingan. U Myunxen klubi safida 161 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 156 ta gol urgan va 40 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Angliyalik futbolchi “Bavariya” bilan ikki marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritgan hamda 2026-yilda faoliyatidagi ilk “Oltin to‘p” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting