locale OZ

Futzal. O'zbekiston milliy jamoasi yig'ini davom etmoqda

Bosh murabbiy Bahodir Ahmedov boshchiligidagi murabbiylar shtabi FIFA kunlari doirasida Tojikiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlariga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.
Futbol
Futzal. O'zbekiston milliy jamoasi yig'ini davom etmoqda
photo: UFF

O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini O‘FA tasarrufidagi Terma jamoalar markazida davom etmoqda.

Bosh murabbiy Bahodir Ahmedov boshchiligidagi murabbiylar shtabi FIFA kunlari doirasida Tojikiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlariga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Yig‘in dasturiga muvofiq, futzalchilar har kuni ikki mahaldan mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘in doirasida Tojikiston terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

8-noyabr — dastlabki uchrashuv O‘FA Terma jamoalar markazida, tomonlarning kelishuviga binoan, yopiq eshiklar ortida o‘tkaziladi.

10-noyabr, soat 18:00 — ikkinchi uchrashuv Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting