locale OZ

Javohir Sindarov: 50,1% — 49,9%

Jahon chempionligi uchun bo‘lajak bahsda kimning imkoniyati yuqoriroq — Javohir Sindarovmi yoki amaldagi Jahon chempioni Gukesh D?
Boshqa sport turlari
Javohir Sindarov: 50,1% — 49,9%
photo: gettyimages

Javohir Sindarov: 50,1% — 49,9%

Jahon chempionligi uchun bo‘lajak bahsda kimning imkoniyati yuqoriroq — Javohir Sindarovmi yoki amaldagi Jahon chempioni Gukesh D?

AQSHning Sent-Luis shahrida o‘tkazilgan Clutch Chess: Champions Showdown turniri davomida Javohir Sindarovdan Jahon chempionligi uchrashuvida o‘zining va Gukeshning g‘alaba qozonish imkoniyatlarini foizlarda baholash so‘raldi.

O‘zbekistonlik grossmeyster bu savolga qiziqarli javob berdi:

Javohir Sindarov — 50,1%
Gukesh D — 49,9%

Sindarov o‘z imkoniyatini amaldagi Jahon chempioninikidan atigi 0,2 foiz punktga yuqori baholadi. Bu bilan u raqibiga hurmat saqlagan holda o‘z g‘alabasiga ishonishini ham ko‘rsatdi.

E’tiborlisi, Javohir shundan so‘ng 27–29-oktabr kunlari o‘tkazilgan Clutch Chess: Champions Showdown turnirida 20,5 ochko to‘plab, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu uning Jahon chempionligi uchrashuvidan oldingi so‘nggi turniri bo‘ldi.

24-noyabr kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Gukesh D va Javohir Sindarov o‘rtasidagi Jahon chempionligi uchrashuvi boshlanadi.

14 ta klassik partiyadan iborat bu uchrashuv shaxmat tarixidagi eng yosh ikki davogar o‘rtasidagi Jahon chempionligi bahsi bo‘ladi. Har ikki shaxmatchi 20 yoshda.

Jahon chempionligi uchrashuvida kimning imkoniyatini yuqoriroq baholaysiz?

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting