locale OZ

Superliga. OKMK so‘nggi daqiqadagi gol evaziga «Lokomotiv»ni yengdi

O‘yinda jami 3 ta gol urildi.
Futbol
Superliga. OKMK so‘nggi daqiqadagi gol evaziga «Lokomotiv»ni yengdi
Фото: Локомотив ПФК

O‘zbekiston Superligasining 26-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» va OKMK o‘rtasidagi uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Toshkentda kechgan bahsning ilk daqiqasidayoq olmaliqliklar hisobni ochdi. Aziz Xolmurodov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, OKMKni oldinga olib chiqdi. 11-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida esa zaxiradan maydonga tushgan Siyavash Haqnazariy Ali Abdurahmonovning uzatmasini golga aylantirib, OKMKga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, Olmaliq klubi safarda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi va ochkolari sonini 45 taga yetkazdi. «Lokomotiv» esa 40 ochkoda qoldi.

O‘zbekiston Superligasi. 26-tur

1-noyabr, yakshanba

«Lokomotiv» – OKMK – 1:2

Gollar: Aziz Xolmurodov (1) — 0:1, Temurxo‘ja Abduxoliqov (11, penalti) — 1:1, Siyavash Haqnazariy — 1:2.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting