locale OZ

Brunu Fernandesh Ronalduning qaroriga munosabat bildirdi

31 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida sobiq jamoadoshiga minnatdorlik bildirib, u bilan birga o‘ynagan davrlarini yodga oldi.
Futbol
Brunu Fernandesh Ronalduning qaroriga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash haqidagi qaroriga munosabat bildirdi. 31 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida sobiq jamoadoshiga minnatdorlik bildirib, u bilan birga o‘ynagan davrlarini yodga oldi.

Fernandesh Ronalduga bag‘ishlangan xabarida uning faoliyati davomida ko‘plab futbolchilarga ilhom manbai bo‘lganini ta’kidlagan. “Ilhom berganing uchun rahmat! Terma jamoamiz tarixidagi buyuk lahzalarni o‘z kumirim bilan birga boshdan kechirish men uchun sharaf bo‘ldi”, — deb yozgan portugaliyalik yarim himoyachi.

Fernandesh avvalroq ham Ronalduning Portugaliya futbolidagi o‘rniga yuqori baho bergan edi. Xususan, u sobiq sardorini mamlakat futbolining eng buyuk timsoli deb atab, erishgan yutuqlari tufayli hamisha portugaliyaliklar qalbidan joy olishini ta’kidlagan. Ikki futbolchi nafaqat milliy jamoada, balki “Manchester Yunayted” safida ham birga to‘p tepgan.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2003-yilda Portugaliya terma jamoasida debyut qilgan. U milliy jamoa safida 234 ta uchrashuvda 146 ta gol urib, har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan. Shuningdek, Portugaliya bilan 2016-yilgi Yevropa chempionati hamda 2019 va 2025-yillardagi UEFA Millatlar ligasi g‘olibiga aylangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting