locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: «Darvozada Ergashev bo‘lmaganida hisob yirikroq bo‘lishi mumkin edi»

«Paxtakor» bosh murabbiyi «Xorazm»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Kamoliddin Tojiyev: «Darvozada Ergashev bo‘lmaganida hisob yirikroq bo‘lishi mumkin edi»
photo: Paxtakor FK
O‘zbekiston Superligasi
30.10.2026, Yak.
Xorazm
0
Paxtakor Toshkent
1

«Paxtakor» klubi Urganchda «Xorazm»ga qarshi bellashuvda qiyin o‘yin o‘tkazdi va shunga yarasha g‘alabaga ham qiyinchilik bilan erishdi. Oxirgi daqiqalarda urilgan yagona gol mehmonlarga qimmatli uch ochkoni keltirdi.

Bahsdan keyin «Paxtakor» ustozi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O‘yinga keladigan bo‘lsak, yaxshi, qiziqarli, hujumkor uchrashuv bo‘ldi. Ko‘p vaziyatlar yaratildi. Biz ancha yo‘l yurdik. Har 3 kunda o‘ynayapmiz. Futbolchilarda biroz toliqish bor. Shunga qaramasdan borini berib oxirigacha kurashishyapti. O‘yinchilarga katta rahmat. Bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi.

- Raqib posboni Umidjon Ergashev haqida nima deya olasiz?

- 4 ta 100 foizli vaziyatni olib chiqdi. Bu darvozabon bo‘lmaganida hisob kattaroq bo‘lishi ham mumkin edi. Yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. «Xorazm» jamoasi ham ajoyib o‘ynadi. Ular yopilib futbol o‘ynamaydi, yaxshi o‘yin ko‘rsatishadi. Biz ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik.

- «Paxtakor» chempionlik uchun oxirigacha kurashadimi?

- Albatta. Har o‘yinda g‘alaba qozonib, bu yog‘i Xudodan», - deya Tojiyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting