locale OZ

“Barselona” Rafinya bilan shartnomani 2030-yilgacha uzaytirishini e’lon qildi

Rafinya 2022-yilda Angliyaning “Lids” klubidan “Barselona”ga transfer qilingan.
Futbol
“Barselona” Rafinya bilan shartnomani 2030-yilgacha uzaytirishini e’lon qildi
Foto: Getty Images

Ispaniyaning “Barselona” klubi braziliyalik hujumchi Rafinya bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. 29 yoshli futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi bitimi 2030-yilning 30-iyuniga qadar uzaytiriladi. Bu haqda “Barselona” klubining rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yangi kelishuvni imzolash marosimi klub prezidenti Joan Laporta ishtirokida o‘tkazilishi belgilangan. Shartnoma rasmiylashtirilgach, braziliyalik futbolchi OAV vakillarining savollariga javob beradi. Shu tariqa, Rafinya yana kamida uch yarim mavsum davomida kataloniyaliklar sharafini himoya qiladi.

Klub rahbariyati yangi kelishuvni hujumchining joriy mavsumdagi yuqori natijalari bilan izohlagan. Rafinya 2026/27-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 19 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Shulardan 15 tasi Ispaniya chempionati, qolgan to‘rttasi esa Chempionlar ligasi bahslariga to‘g‘ri keladi. Braziliyalik futbolchi ayni paytda jamoaning asosiy yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Rafinya 2022-yilda Angliyaning “Lids” klubidan “Barselona”ga transfer qilingan. U kataloniyaliklar safida 190 ta uchrashuv o‘tkazib, 94 ta gol urgan. Shu tariqa, hujumchi klub tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan braziliyalik futbolchilar orasida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting