locale OZ

Chempionlar ligasida gʻoliblik uchun asosiy daʼvogarlar oʻzgardi

Opta oʻz taxminlarini bildirdi.
Futbol
Chempionlar ligasida gʻoliblik uchun asosiy daʼvogarlar oʻzgardi
Фото: Getty Images

Yevropa Chempionlar ligasi asosiy bosqichining toʻrtinchi turi oldidan Opta tahlilchilari musobaqaning joriy mavsumida gʻolib chiqish ehtimoli yuqori boʻlgan jamoalar reytingini yangiladi.

2026-yil oktabr oyining oʻrtalarida tahlilchilar «Barselona»ni Chempionlar ligasining asosiy favoriti sifatida koʻrayotgan edi. Biroq uchinchi turda «PSJ» kataloniyaliklarni 4:2 hisobida magʻlub etganidan soʻng vaziyat biroz oʻzgardi.

Endilikda Parij klubi va «Barselona»ning musobaqada gʻolib chiqish imkoniyatlari teng baholanmoqda. Har ikki jamoaning imkoniyati 19 foizga teng.

Uchinchi oʻrinda Londonning «Arsenal» klubi joylashgan boʻlib, uning gʻoliblik ehtimoli 11 foizga baholanmoqda. Keyingi oʻrinlardan esa «Bavariya» (9 foiz) va Madridning «Real» klubi (7 foiz) oʻrin olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting