Rasman: Bogdan Guskov UFCning sobiq chempioniga qarshi jang qiladi
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov navbatdagi jangini tashkilotning sobiq o‘rta vazn chempioni Robert Uittakerga qarshi o‘tkazadi. Yarim og‘ir vazn toifasidagi ushbu to‘qnashuv 2027-yil fevral oyida Avstraliyaning Sidney shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night turnirining ikkinchi asosiy jangi sifatida e’lon qilindi. Bu haqda MMA Fighting nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Uittaker so‘nggi janglarida yarim og‘ir vazn toifasiga o‘tgan va ushbu divizionda yuqori o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda. Avstraliyalik sportchi o‘z muxlislari qarshisida oktagonga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Guskov uchun esa bu jang faoliyatidagi eng muhim sinovlardan biri bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonlik sportchi sobiq UFC chempioniga qarshi g‘alaba qozonsa, yarim og‘ir vazn toifasidagi mavqeini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Bogdan Guskov professional MMA faoliyatida 18 g‘alaba, to‘rt mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan. Robert Uittaker esa avval UFCning o‘rta vazn toifasida chempionlik kamariga egalik qilgan.