Kanelo Alvares yana jahon chempioniga aylandi
Meksikalik mashhur bokschi Saul “Kanelo” Alvares Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan boks oqshomida Kristian Mbilini mag‘lub etib, WBC yo‘nalishida supero‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 31-oktyabr kuni tashkil etilgan jang to‘liq 12 raund davom etgan. Hakamlar 115:112, 116:111 va 117:110 hisoblarida Alvaresning g‘alabasini qayd etgan. Shu tariqa, meksikalik bokschi raqibiga professional faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etgan.
Jangning dastlabki raundlarida Mbili faolroq harakat qilgan bo‘lsa, ikkinchi yarmida Alvares tashabbusni qo‘lga olgan. Meksikalik bokschi aniq qarshi zarbalari va tajribasi evaziga ustunlikni saqlab qolib, yana jahon chempioni maqomiga qaytgan.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli Alvares professional faoliyatida 69 ta jang o‘tkazib, 64 g‘alaba, uch mag‘lubiyat va ikki durang qayd etgan. U 2025-yil sentyabr oyida Terens Kroufordga yutqazganidan keyin ilk bor ringga qaytgan edi.