Prevyu. “Navbahor” – “Andijon”
O‘zbekiston Superligasining 26-turi doirasida “Navbahor” o'z maydonida “Andijon” klubini qabul qiladi.
Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarida shu kungacha o‘zaro 59 marta ro‘baro‘ kelishgan. O‘tkazilgan bahslarning 29 tasida mezbonlar yutuqqa erishgan bo‘lsa, 17 ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 13 ta o‘yinda esa andijonliklar zafar quchishgan. To‘plar nisbati – 84-59, “Navbahor” foydasiga.
Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlarda namanganliklarning eng yirik hisobdagi g‘alabasi 5:0 bo‘lib, “lochinlar” 2004 yilgi mavsumda o‘z maydonlarida shu hisobda zafar quchishgan.
Andijonliklarning esa “Navbahor” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabalari 4:0 va 5:1 bo‘lib, “Andijon” 2001 hamda 2010 yillarda shunday hisoblarda yutuqqa erishgan.
O‘zaro o‘yinlarda namanganliklar 104 ochkoni, andijonliklar esa 56 ochkoni qo‘lga kiritishgan.
Namanganda o‘tkazilgan 29 ta uchrashuvning 19 tasida “Navbahor”, faqatgina 1 tasida “Andijon” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 9 ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlagan.
“Navbahor” o‘z maydonida o‘tkazilgan bahslarda andijonliklar darvozasiga 58 ta gol urib, o‘z darvozasidan 19 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Mazkur jamoalarning 1-davrada Andijonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida “lochinlar” gruziyalik himoyachi Giorgi Jgenarayaning 90+6-daqiqada urgan goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.
Namanganda o‘tkazilgan barcha uchrashuvlar:
1992 yil
“Navbahor” – “Navro‘z” – 2:0
1993 yil
“Navbahor” – “Navro‘z” – 3:2
1994 yil
“Navbahor” – “Navro‘z” – 0:0
1995 yil
“Navbahor” – “Navro‘z” – 4:2
1996 yil
“Navbahor” – “Navro‘z” – 3:2
1997 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 2:1
1998 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 3:0
1999 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 2:2
2000 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 3:0
2001 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 3:0
2002 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 3:0
2003 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 2:0
2004 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 5:0
2006 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 2:1
2007 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 3:0
2008 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 0:0
2009 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 1:1
2010 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 2:0
2011 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 1:1
2012 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 1:0
2014 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 3:0
2015 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 1:0
2016 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 2:0.
2019 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 1:1
2020 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 0:0.
2021 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 0:1
2023 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 1:0
2024 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 3:3
2025 yil
“Navbahor” – “Andijon” – 2:2.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Andijon” bahsi 31 oktyabr kuni Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadionida soat 19:00 da start oladi.