locale OZ

Jahon chempionati: Nigora Abdullayeva 6-o‘rinni egalladi

Xitoyning Ningbo shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Nigora Abdullayeva ayollar o‘rtasida 53 kg vazn toifasida ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Jahon chempionati: Nigora Abdullayeva 6-o‘rinni egalladi
photo: Og'ir atletika

Jahon chempionati: Nigora Abdullayeva 6-o‘rinni egalladi.

Xitoyning Ningbo shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Nigora Abdullayeva ayollar o‘rtasida 53 kg vazn toifasida ishtirok etdi.

Sportchimiz dast ko‘tarish bahslarida 85, 88 va 90 kg og‘irliklarni, siltab ko‘tarishda esa 105, 109 va 111 kg natijalarni qayd etib, barcha olti urinishini muvaffaqiyatli bajardi.

Yakunda ikki kurash natijasiga ko‘ra 201 kg jamg‘argan Nigora Abdullayeva jahon chempionatini 6-o‘rin bilan yakunladi.

Mazkur musobaqa Los-Anjeles–2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga saralash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Jahon chempionatidagi natija sportchimizning Olimpiada saralash reytingi uchun muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.

Mazkur vazn toifasida kuchli uchlik:
1-o'rin. Zhang Haiqin (Xitoy) — 221 kg
2-o'rin. Ulrey Miranda (AQSH) — 220 kg
3-o'rin. Kim So Hyon (KXDR) — 214 kg

Nigora Abdullayevaga kelgusi musobaqalarda omad va yangi zafarlar tilaymiz.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting