locale OZ

Dragan Cheran «Andijon»ni tark etdi

Superliganing 6 karra to‘purari mavsum yakunlanmasidan «burgutlar» bilan xayrlashdi.
Futbol
Dragan Cheran «Andijon»ni tark etdi
photo: Andijon fk

Hujumchi Dragan Cheran mavsum yakunlanmasidan «Andijon» bilan xayrlashdi.

«Ziga-zaga, rahmat», — deb yozdi 39 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Serbiyalik forvard oxirgi bor 15 oktyabr kuni Superliga doirasi «Qizilqum»ga (0:1) qarshi bahsda maydonga tushgan, shundan so‘ng «burgutlar»ning ikki o‘yinida qaydnomaga ham kiritilmagandi.

Cheran bu mavsumda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Hujumchi 2016 yildan beri O‘zbekiston chempionatida o‘ynab kelardi. U faoliyatining asosiy qismini «Paxtakor» va «Nasaf»da o‘tkazgan, 6 bor Superliga to‘purariga aylangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting