locale OZ

«Paxtakor» futbol akademiyasi jahonning eng kuchli 50taligiga kirdi

Bu borada «Benfika» tarbiyalanuvchilari bilan reytingda yetakchilik qilmoqda.
Futbol
«Paxtakor» futbol akademiyasi jahonning eng kuchli 50taligiga kirdi
photo: Paxtakor FK

Shveysariyaning CIES tadqiqot markazi dunyoning 49 ta oliy divizion ligasida faoliyat yuritayotgan akademiya bitiruvchilari soni (15 dan 21 yoshgacha bo‘lgan davrda klubda kamida 3 mavsum o‘tkazgan futbolchilar), ular ishtirok etgan uchrashuvlar darajasi, maydondagi daqiqalar va o‘rtacha yosh ko‘rsatkichlari asosida yillik global reytingni e’lon qildi.

Yangilangan reytingda «Paxtakor» akademiyasi 50,3 ball bilan 46-o‘rinni egalladi. 2025 yilgi reytingda jamoa akademiyasi 34,1 ball bilan 90-o‘rinni egallagandi.

«Paxtakor» akademiyasida tarbiyalangan 59 nafar futbolchi faoliyat yuritmoqda. Ularning 6 nafari ayni paytda «sherlar»ning asosiy jamoasida o‘ynamoqda.

Klub bu borada Osiyo futbol konfederatsiyasi klublari orasida top-60 talikka kirgan yagona jamoa sifatida qit’ada 1-o‘rinni egallab, Braziliyaning «Kruzeyro» (49,8), Ukrainaning «Shaxtyor» (48,4), Angliyaning «Arsenal» (46,6), Xorvatiyaning «Xayduk» (46,2) va Portugaliyaning «Portu» (45,5) klublarini ortda qoldirdi.

Reytingda Portugaliyaning «Benfika» klubi birinchi, Argentinaning «River Pleyt» va «Boka Xuniors» klublari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting