«MYU» Pochettino bilan shartnoma imzolash uchun qancha sarflagani ma’lum
«Manchester Yunayted» klubi 13 noyabr kuni Maurisio Pochettinoni bosh murabbiy etib tayinlaganini e’lon qildi.
Argentinalik mutaxassis 18 noyabr kunidan boshlab yangi jamoasidagi vazifasiga kirishadi. U mankunianliklar bilan 2029 yilning yoziga qadar bitim imzolagan.
Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, Pochettinoning «qizil iblislar»ga tayinlanishi klubga 12 million dollarga tushgan. Shundan 10 million dollar mutaxassisning shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish uchun, qolgan 2 million dollar esa uning murabbiylar shtabi shartnomalarini sotib olish uchun sarflangan.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasining 10-turidan keyin turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi, Mankunianliklar 22 noyabr kuni safarda «Liverpul»ga qarshi maydonga tushadi.