locale OZ

Mayk Barrell O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi bilan uchrashdi

Mayk Barrell O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi Batyr Raximov bilan uchrashdi.
Tennis
Mayk Barrell O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi bilan uchrashdi
photo: Tennis Uzbekistan

Mayk Barrell O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi Batyr Raximov bilan uchrashdi. Suhbat davomida bolalar va o‘smirlar tennisini rivojlantirish, yosh tennischilarni tayyorlash hamda murabbiylar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda xalqaro tajriba almashish, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va ularni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki qadamlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek xalqaro tennis mutaxassisi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda bolalar va o‘smirlar tennisini rivojlantirish, yosh tennischilarni tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘qitish usullari haqida so‘z yuritildi.

Matbuot anjumani doirasida Mayk Barrell va O‘zbekiston tennis federatsiyasi o‘rtasida tennisni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting