locale OZ

Millatlar Ligasi. Qozog‘iston mehmonda Moldovaga mag‘lub bo‘ldi

Qo‘shnilarning g‘alabasiz seriyasi davom etmoqda..
Futbol
Millatlar Ligasi. Qozog‘iston mehmonda Moldovaga mag‘lub bo‘ldi
photo: gettyimages
UEFA Millatlar ligasi. C ligasi
13.11.2026, Yak.
Moldova
2
Qozog‘iston
1

Yevropada Millatlar ligasi 5-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Qozog‘iston milliy jamoasi mehmonda Moldova bilan kuch sinashdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Popesku moldovaliklar safida dublga erishdi. Qo‘shnilarimizning yagona goliga Chesnokov mualliflik qildi.

Bu natijadan so‘ng Moldova ochkolari sonini 7 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. Qozog‘iston 2 ochko bilan 4-pog‘onada.

Millatlar Ligasi. 5-tur
Moldova - Qozog‘iston 2:1
Gollar:
Popesku 39, 77 — Chesnokov 51.
Moldova — Chelyadnik, Rebchuk, Baboglo (Shtefan, 83), Gerasimov, Perchun, Fratya (Motspan, 58), Popesku, Iovu, Kleschenko (Betivu, 58), Revenko (Forov, 65), Ratsa (Bogachiuk, 66).
Qozog‘iston — Pokatilov, Alip, Kasim, Mrinskiy, Jagorov (Vorogovskiy, 46), Samorodov, Amir (Kenjebek, 69), Chesnokov (Jaksilikov, 78), Karaman (Abiken, 78), Orazov (Kuat, 69), Yerlanov.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting