Osiyo millatlar kubogi: O‘zbekiston terma jamoalarining so‘nggi natijalari
Osiyo millatlar kubogi: O‘zbekiston terma jamoalarining so‘nggi natijalari.
Erkaklar terma jamoasi
Uchinchi turda Mog‘ulistonga qarshi bahs 1,5:2,5 hisobida yakunlandi. To‘rtinchi turda esa shahmatchilarimiz Pokistonni 4:0 hisobida mag‘lub etib, navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Shunday qilib, erkaklar terma jamoasi 4 turda 2 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etib, 4 jamoaviy ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Ayollar terma jamoasi
Qizlarimiz musobaqani Pokiston ustidan 4:0 hisobidagi ishonchli g‘alaba bilan boshladi.
İkkinchi turda esa Qozog‘istonga qarshi bahsda 1:3 hisobida mag‘lubiyat qayd etildi.
İkki turdan so‘ng ayollar terma jamoasi 2 jamoaviy ochko bilan 12 ta jamoa orasida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Musobaqa 17-noyabr kuni yakunlanadi. Erkaklar 9 tur, ayollar esa 7 tur davomida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.