Sohil futboli. O'zbekiston milliy jamoasining Osiyo kubogi uchun tarkibi ma'lum bo'ldi
Sohil futboli bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi dushanba kuni erta tongda Tailandga yo‘l oladi. Terma jamoamiz u yerda o‘z tarixida 12-bor tashkil etilayotgan sohil futboli bo‘yicha Osiyo kubogi bahslarida ishtirok etadi.
O‘zbekiston futzal federatsiyasi qit’a birinchiligiga yo‘l oladigan milliy terma jamoa tarkibini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Osiyo kubogida 12 nafar futbolchi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ularning ikki nafari darvozabon, 10 nafari esa maydon o‘yinchilaridir.
Tailandga yo‘l oladigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibi:
Darvozabonlar:
Ravshan Eliboyev, Akmaljon Hazratqulov.
Maydon o‘yinchilari:
Farhod Qodirov, Dilmurod Shavkatov, Mamasharif Halimov, Boymuhammad Ro‘zimurodov, Husanxon G‘aniyev, Ilyos Mallayev, Amal Uvraimov, Quvonchbek Jahonov, Farhod Abdumavlonov, Sarvar Shoahmedov.
Bosh murabbiy: Ahadjon Yusupov.