WTA finals: Yarim finalchilar aniqlanmoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Indian-Uells shahrida professional tennischi ayollar o‘rtasidagi yilning yakuniy musobaqasi — WTA Finals turniri davom etmoqda.
Kecha 1-guruhda 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi va ushbu guruhdan yarim finalga yo‘l olgan tennischilar nomi aniqlandi.
Jessika Pegula guruh g‘olibligini muddatidan avval naqd qilgan chexiyalik raketka ustasi Linda Noskovani uch setda mag‘lubiyatga uchratdi – 76 (2) 46 75. Natijada har ikki tennischi musobaqaning pley-off bosqichida kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Guruhning yana bir uchrashuvida esa amerikalik Koko Gauff ukrainalik Marta Kostyukdan ustun keldi – 62 64.
2-guruhda hal qiluvchi bahslar oldinda
Bugun tunda 2-guruhning 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Hozircha rossiyalik Mirra Andreyeva dastlabki ikki uchrashuvida g‘alaba qozonib, muddatidan avval yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi yo‘llanma uchun esa guruhdagi qolgan uch nafar tennischining barchasida imkoniyat saqlanib qolmoqda.