O‘rtoqlik o‘yinlari. Saudiya Arabistoni Janubiy Koreyani yengdi, Avstraliya Qatarga 3 ta gol urdi
FIFA kunlari bir qator o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Saudiya Arabistoni o‘z maydonida Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida o‘ynab, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. BAA esa Honduros bilan bellashib, raqibidan ustun keldi. Qatar esa Avstraliya bilan to‘qnash keldi. Unda «kengurular» raqib darvozasiga 3 ta gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni 17 noyabr kuni O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi.
BAA - Honduras 3:1
Gollar: Hammadi (33, 1:0), Konseysau (48, 2:0), Toro (52, 2:1), Mansuri (87, 3:1).
Saudiya Arabistoni - Janubiy Koreya 3:2
Gollar: As Sahafiy 45+1, O Hyon Gyu 47, Kanno 56, Al Amri 59, Li 68.
Qatar - Avstraliya 0:3
Gollar: Makgri 5, Yengi 32, Irankunda 40.