O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasida shaxmat diplomatiyasi yo‘lga qo‘yilmoqda
O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasida shaxmat diplomatiyasi yo‘lga qo‘yilmoqda
Joriy yilning 13-noyabr kuni O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Xalqaro shaxmat akademiyasi direktori Komil Sindarov hamda Belgiya Qirolligining mamlakatimizdagi birinchi Favqulodda va Muxtor elchisi Matias Kende o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Sport diplomatiyasi orqali ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va sport aloqalarini mustahkamlash;
Ikki mamlakat shaxmat federatsiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash;
Qo‘shma xalqaro turnirlar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish.
Uchrashuv yakunida elchi Matias Kende o‘zbek shaxmat maktabining jahon miqyosidagi tarixiy yutuqlarini yuqori baholab, grossmeysterimiz Javohir Sindarovga bo‘lajak muhim bahsda ulkan zafarlar tiladi. Komil Sindarov esa elchini yangi lavozim bilan qutlab, istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.