locale OZ

Morgan: «Ronaldu yana 2-3 yil «MYU»da o‘ynab, ko‘plab gollar urishi mumkin edi»

Teleboshlovchi portugaliyalik futbolchining Erik ten Hag bilan munosabatlari va uning Manchester klubidan ketishi haqida gapirdi.
Futbol
Morgan: «Ronaldu yana 2-3 yil «MYU»da o‘ynab, ko‘plab gollar urishi mumkin edi»
photo: gettyimages

Teleboshlovchi Pirs Morgan «Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Hagning Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi. Niderlandiyalik mutaxassis portugaliyalik hujumchi so‘nggi 7-8 yil davomida avvalgi darajasida o‘ynay olmaganini aytgandi.

Morgan esa ten Hagning bu gaplarini hasad bilan bog‘ladi va Ronaldu «Yuventus» hamda «Real»dan ketganidan keyin ham yuqori natijalar qayd etganini ta’kidladi.

«Ronaldu «Real»dan ketganidan keyin 330 dan ortiq gol urdi. U «Yuventus»da ham juda muvaffaqiyatli o‘ynadi, bir nechta chempionlikni qo‘lga kiritdi. Menimcha, ten Hag Ronaldu ham uni tanqid qilgani uchun hasadga to‘la gaplarni aytdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting