Iroda To‘laganova Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi direktori lavozimiga tayinlandi
Iroda To‘laganova Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi direktori lavozimiga tayinlandi.
Iroda To‘laganova o‘zining professional faoliyati davomida xalqaro maydonda yuqori natijalarga erishgan. U WTA reytingida yakkalik bahslari bo‘yicha dunyoning 16-raketkasi darajasiga ko‘tarilgan va O‘zbekiston tennisining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shgan.
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi faoliyatida yosh iste’dodli sportchilarni aniqlash, ularni professional tennisga tayyorlash, mashg‘ulotlar sifatini oshirish hamda yuqori malakali tennischilarni yetishtirish ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi.
Yangi rahbar boshchiligida maktab faoliyatini yanada takomillashtirish va mamlakatimiz tennisining kelajak avlodini tayyorlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish ko‘zda tutilmoqda.