locale OZ

“Yuventus” va “Tottenhem” Bundesliganing yangi yulduzi uchun kurashmoqda

23 yoshli futbolchi joriy mavsumdagi samarali o‘yinlari bilan Yevropaning bir qator yetakchi klublari e’tiborini tortgan.
Futbol
“Yuventus” va “Tottenhem” Bundesliganing yangi yulduzi uchun kurashmoqda
Foto: Getty Images

Italiyaning “Yuventus” va Angliyaning “Tottenhem” klublari Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasi hujumchisi Yunus Ebnoutalibni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 23 yoshli futbolchi joriy mavsumdagi samarali o‘yinlari bilan Yevropaning bir qator yetakchi klublari e’tiborini tortgan. Bu haqda Sky Sport Germany nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Yuventus” va “Tottenhem” vakillari futbolchining atrofidagi vaziyatni o‘rganib, uning vakillariga qiziqish bildirgan. Ebnoutalib joriy mavsumda barcha musobaqalarni hisobga olganda o‘nta uchrashuvda sakkizta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Uning yuqori samaradorligi transfer bozoridagi qiziqishni yanada kuchaytirgan.

Biroq “Ayntraxt” rahbariyati hujumchini yaqin orada sotishni rejalashtirmayapti. Frankfurt klubi futbolchining maoshini oshirish va unga yaxshiroq shartlar taklif qilish orqali jamoada olib qolmoqchi. Yangi sport direktori Yoti Xatsialeksiu ushbu muzokaralarda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda. Hozircha futbolchi uchun rasmiy transfer taklifi yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, Yunus Ebnoutalibning “Ayntraxt” bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan. U Germaniya chempionatida olti marta, mamlakat kubogida esa ikki marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Hujumchining kelajagi qishki transfer oynasi oldidan Yevropa futbolidagi muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylanishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting