Eshpo‘latov IV Yozgi Yoshlar Olimpiadasining finalida
Senegal poytaxti Dakar shahri mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan dzyudo musobaqasida uchinchi kungi bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
photo: Dzyudo Uzbekistan
Eshpo‘latov IV Yozgi Yoshlar Olimpiadasining finalida.
Senegal poytaxti Dakar shahri mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan dzyudo musobaqasida uchinchi kungi bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Xabar berganimizdek, Olimpiya o‘yinlarida har bir davlatdan faqat bir nafardan dzyudochi qatnashishiga ruxsat berilgan. Yurtimiz sharafini -100 kg vazn toifasidagi vakilimiz Jo‘rabek Eshpo‘latov himoya qilmoqda.
Dzyudochimiz saralash bahslarida yaponiyalik Naito Arai, burundilik Don De Igiranezani mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi. Jo‘rabekning oltin medal uchun kechadigan final bellashuvidagi raqibi litvaliya Tayus Babaychenko bo‘ladi.