Kannavaro ketishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi
Osiyo kubogining o‘tkazilish muddati ko‘chirilishi sababli O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Fabio Kannavaro Osiyo kubogining o‘tkazilish muddati ko‘chirilishi ortidan yuzaga kelgan vaziyat sabab O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etish haqida o‘ylamoqda. Aytilishicha, bu ayni damda ko‘rib chiqilayotgan ehtimollardan biri”, deydi Romano.
Ma’lumot uchun, Kannavaro 2025-yil oktabr oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan va Timur Kapadze o‘rnini egallagan edi. Italiyalik mutaxassis O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan 2+3 yillik sxema bo‘yicha shartnoma imzolagan. Ya’ni, Kannavaroni majburiy shartnomasi 2027-yilning oktabrigacha amal qiladi. U O‘zbekiston terma jamoasigacha Italiyaning “Benevento” va “Udineze”, shuningdek, Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klublarida faoliyat yuritgan.