Ro‘ziqul Berdiyev: «Natija biz xohlagandek bo‘lmasa, bu turnir bilan xayrlashishimizga to‘g‘ri keladi»
Ertaga OChL 2 musobaqasining navbatdagi turida Qarshining «Nasaf» klubi safarda «Quvayt SK»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bellashuv oldidan «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va jamoa hujumchisi Bobur Abdiholiqov ishtirok etdilar.
- «Quvayt SK» o‘tgan o‘yinda juda kuchli jamoaligini ko‘rsatdi. Shu bois biz ertangi juda og‘ir va muhim uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ertangi bellashuv biz uchun ruhan va jismonan oson bo‘lmaydi. Avvalroq aytganimdek, o‘yinning qiymati juda yuqori. Sababi, bu so‘nggi imkoniyatlarimizdan biri hisoblanadi. Buni o‘z foydamizga hal qilish uchun harakat qilamiz. Oldingi o‘yindagi kabi himoyadagi xatolarni va hujumdagi o‘yinlarimizni yaxshilash kerak bo‘ladi. Natija biz xohlagandek bo‘lmasa, bu turnir bilan xayrlashishimizga to‘g‘ri keladi. Bizda yo‘qotishlar bor. Ertangi uchrashuvga barcha o‘yinchilarimiz tayyor», - dedi Berdiyev o‘yin oldidan.