Kannavaro O‘zbekiston milliy jamoasini tark etmaydi — O‘FA
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xorij va mahalliy OAVlarda tarqalgan xabarlarga tezda munosabat bildirdi.
Futbol
photo: UFA
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Fabio Kannavaroning milliy jamoa bosh murabbiyligidan ketishi haqida tarqalgan xabarlarga tezda munosabat bildirdi.
«So‘nggi soatlarda ayrim xorijiy manbalarda O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Osiyo kubogi-2027 musobaqasi muddatining o‘zgartirilishi ortidan o‘z lavozimini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qiladi.
Ommaviy axborot vositalari va futbol muxlislaridan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga işonmaslikni hamda rasmiy xabarlarga tayanishni so‘raymiz», — deb yozadi O‘FA matbuot xizmati.