Mbappe — La Liganing oktabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi
Madridning «Real» klubi markaziy hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining oktabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi. Bu haqda La Liganing rasmiy sayti xabar berdi.
O‘tgan oyda fransiyalik futbolchi «qaymoqranglilar» safida barcha musobaqalar doirasida beshta uchrashuvda ishtirok etib, oltita gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.
Muxlislar o‘rtasidagi ovoz berish jarayonida Mbappe Lamin Yamal («Barselona»), Gonsalu Gedesh («Real Sosedad»), Alexandro Grimaldo («Atletiko») va Matias Dituroni («Elche») ortda qoldirdi.
Ispaniya chempionatining 12-turidan keyin «Real» turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar peshqadam «Barselona»dan uch ochkoga ortda qolmoqda.