locale OZ

Dunyoning eng yaxshi darvozaboni aniqlandi: Kurtua ikkinchi, Safonov kuchli o‘ntalikka kirmadi

Londonning “Arsenal” klubi darvozaboni David Raya dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
Futbol
Dunyoning eng yaxshi darvozaboni aniqlandi: Kurtua ikkinchi, Safonov kuchli o‘ntalikka kirmadi
Foto: Getty Images

Xalqaro professional futbolchilar assotsiatsiyasi (FIFPRO) 2026-yilning eng yaxshi darvozabonlari reytingini e’lon qildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Londonning “Arsenal” klubi darvozaboni David Raya dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Belgiyalik Tibo Kurtua ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, “PSJ” vakili Matvey Safonov kuchli o‘ntalikka kira olmadi. Bu haqda FIFPRO nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, so‘rovnomada 19 806 nafar professional futbolchi ishtirok etgan. David Raya 51,9 foiz ovoz bilan reytingda yetakchilik qilgan. Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua 38,6 foiz natija bilan ikkinchi, “Chelsi” vakili Emiliano Martines esa 32,7 foiz ovoz bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Keyingi pog‘onalardan Janluiji Donnarumma (“Manchester Siti”), Alisson Bekker (“Liverpul”), Joan Garsiya (“Barselona”), Unai Simon (“Atletik”), Manuel Noyer (“Bavariya”), Vozinya (“Kolo-Kolo”) va Diogu Koshta (“Portu”) joy olgan. Rossiya terma jamoasi hamda “PSJ” darvozaboni Matvey Safonov esa dastlabki o‘nta futbolchi qatoriga kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, ovoz berishda futbolchilarning 2025-yil 4-avgustidan 2026-yil 19-iyuligacha bo‘lgan davrdagi o‘yinlari inobatga olingan. Har bir ishtirokchi o‘zi munosib deb bilgan uch nafar darvozabonga ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Reytingda birinchi o‘rinni egallagan David Raya 2026-yilgi FIFPRO ramziy terma jamoasidan ham joy olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting