locale OZ

Entoni Joshua Tayson Fyuridan keyin Daniel Dyubua bilan revansh o‘tkazmoqchi

Sobiq jahon chempioni Daniel Dyubuadan uchragan mag‘lubiyati uchun revansh olishni istamoqda.
Boks
Entoni Joshua Tayson Fyuridan keyin Daniel Dyubua bilan revansh o‘tkazmoqchi
Foto: Getty Images

Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Tayson Fyuriga qarshi jangdan keyingi rejalarini belgilab olgan. Sobiq jahon chempioni Daniel Dyubuadan uchragan mag‘lubiyati uchun revansh olishni istamoqda. Bu haqda uning promouteri Eddi Hirn ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Hirn BetOnline loyihasiga bergan intervyusida Joshuaning eng kuchli raqiblarga qarshi jang qilish istagi saqlanib qolganini ta’kidlagan. Promouterning aytishicha, britaniyalik bokschi faoliyatida mag‘lub bo‘lgan aksariyat raqiblari bilan qayta to‘qnash kelgan va Dyubua bilan ham hisob-kitobni tenglashtirmoqchi.

Biroq mazkur revanshning tashkil etilishi Joshuaning Fyuriga qarshi jangdagi natijasiga ham bog‘liq. Hirn ikki bokschi o‘rtasidagi navbatdagi to‘qnashuv katta qiziqish uyg‘otishiga ishonmoqda. Shuningdek, kelajakda Filip Xrgovich bilan jang tashkil etilishi ehtimoli ham tilga olingan.

Ma’lumot uchun, Entoni Joshua 2024-yil sentabrida Londondagi “Uembli” stadionida Daniel Dyubuaga nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan. U 2026-yil 11-dekabr kuni Kardiff shahrida Tayson Fyuriga qarshi ringga chiqishi rejalashtirilgan. Dyubua bilan revansh hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting