locale OZ

Dunyoning eng yaxshi hujumchisi aniqlandi: Yamal ikkinchi, Messi uchinchi, Ronaldu sakkizinchi

Hujumchilar orasida Madridning “Real” klubi futbolchisi Kilian Mbappe eng ko‘p ovoz to‘pladi.
Futbol
Dunyoning eng yaxshi hujumchisi aniqlandi: Yamal ikkinchi, Messi uchinchi, Ronaldu sakkizinchi
Foto: Getty Images

Xalqaro professional futbolchilar federatsiyasi (FIFPRO) 2026-yilgi ramziy terma jamoani aniqlash uchun o‘tkazilgan ovoz berish natijalarini e’lon qildi. Hujumchilar orasida Madridning “Real” klubi futbolchisi Kilian Mbappe eng ko‘p ovoz to‘pladi. Lamin Yamal ikkinchi, Lionel Messi uchinchi, Krishtianu Ronaldu esa sakkizinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda FIFPRO matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Mbappe 46 foiz ovoz bilan reytingda yetakchilik qilgan. “Barselona” hujumchisi Lamin Yamal 37,4 foiz natija bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan. Kuchli uchlikni “Inter Mayami” yetakchisi Lionel Messi 29,5 foiz ovoz bilan yakunlagan. “Manchester Siti” vakili Erling Holand esa 28,4 foiz natija qayd etib, to‘rtinchi bo‘lgan.

Reytingning beshinchi pog‘onasini 27,6 foiz ovoz bilan “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn egallagan. Keyingi o‘rinlardan Maykl Olise, Xvicha Kvaratsxeliya va Krishtianu Ronaldu joy olgan. Portugaliyalik futbolchi 13,2 foiz ovoz to‘plagan. Kuchli o‘nlikni Usmon Dembele va Rafinya yakunlagan. Ovoz berish natijasida Mbappe, Yamal, Messi va Holand FIFPROning ramziy terma jamoasiga kiritilgan.

Ma’lumot uchun, FIFPROning 2026-yilgi ramziy terma jamoasini aniqlashda 73 mamlakatdan 19 806 nafar professional erkak futbolchi ishtirok etdi. Ovoz berishda 2025-yil 4-avgustdan 2026-yil 19-iyulgacha bo‘lgan davrdagi natijalar hisobga olindi. Har bir ishtirokchi o‘z pozitsiyasidagi eng yaxshi uch nafar futbolchini tanlagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting