locale OZ

Shavkat Rahmonov UFCga qachon qaytishiga ishora qildi

Rahmonov Instagram sahifasida 2027-yilda qaytishini anglatuvchi qisqa xabar e’lon qilgan.
Boshqa sport turlari
Shavkat Rahmonov UFCga qachon qaytishiga ishora qildi
Foto: Getty Images

Qozog‘istonlik MMA jangchisi Shavkat Rahmonov uzoq tanaffusdan keyin UFC oktagoniga qaytish rejasi haqida ma’lumot berdi. Mag‘lubiyatsiz sportchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida 2027-yilda yana jang qilish niyatiga ishora qildi. Bu haqda MMA Fighting nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Rahmonov Instagram sahifasida 2027-yilda qaytishini anglatuvchi qisqa xabar e’lon qilgan. Uning ushbu posti tizzasidagi jarohat bilan bog‘liq yangi mish-mishlar tarqalgan bir paytda paydo bo‘ldi. Biroq sportchi jarohati yoki keyingi jangining aniq sanasi haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan.

Rahmonov 2024-yil dekabridan buyon oktagonga chiqmagan. U so‘nggi jangida irlandiyalik Ian Machado Garrini hakamlar qarori bilan mag‘lub etgan edi. Shundan so‘ng qozog‘istonlik sportchining chempionlik jangida qatnashishi kutilgan, ammo jarohatlar uning rejalarini o‘zgartirgan.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Shavkat Rahmonov professional MMAda 19 ta g‘alaba qayd etgan va biror marta mag‘lub bo‘lmagan. Uning 18 ta g‘alabasi muddatidan oldin qo‘lga kiritilgan. Jangchining navbatdagi raqibi va UFCga qaytish sanasi hozircha rasman e’lon qilinmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting