locale OZ

Konor Makgregor UFCdagi so‘nggi jangini kimga qarshi o‘tkazmoqchi ekani ma'lum bo'ldi

Sobiq ikki vazn toifasi chempioni amerikalik sportchi bilan uchinchi bor to‘qnash kelish niyatini bildirdi.
Boshqa sport turlari
Konor Makgregor UFCdagi so‘nggi jangini kimga qarshi o‘tkazmoqchi ekani ma'lum bo'ldi
Foto: Getty Images

Irlandiyalik MMA yulduzi Konor Makgregor UFC bilan amaldagi shartnomasi doirasidagi so‘nggi jangini Maks Xolloueyga qarshi o‘tkazishni istamoqda. Sobiq ikki vazn toifasi chempioni amerikalik sportchi bilan uchinchi bor to‘qnash kelish niyatini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Makgregor Xollouey bilan oldingi jangdagi muvaffaqiyatsiz natijadan so‘ng revansh olishni maqsad qilgan. Ikki sportchi 2026-yil iyulida UFC 329 turnirida to‘qnash kelgan, biroq irlandiyalik jang boshida tizzasidan jiddiy jarohat olgan. Natijada Xolloueyga texnik nokaut bilan g‘alaba yozilgan.

Makgregor ayni paytda tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. U 2027-yilda yana oktagonga chiqishiga umid qilmoqda. Irlandiyalik sportchi uchun birinchi tanlov Xollouey bo‘lsa-da, boshqa yuqori saviyali raqib bilan jang qilish variantini ham istisno etmagan.

Ma’lumot uchun, Makgregor va Xollouey ilk bor 2013-yilda jang qilgan va o‘sha uchrashuvda irlandiyalik sportchi g‘alaba qozongan. 2026-yildagi ikkinchi to‘qnashuvdan keyin o‘zaro hisob tenglashgan. Hozircha ularning uchinchi jangi UFC tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting