Superliga. «Paxtakor» Toshkentda «Qo‘qon-1912» ustidan g‘alabaga erishdi
Superliga. «Paxtakor» Toshkentda «Qo‘qon-1912» ustidan g‘alabaga erishdi
Toshkentliklar dastlabki to‘qqiz daqiqada ikkita gol urib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Ushbu natijadan so‘ng «Paxtakor» 59 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda va chempionlik uchun kurashishda davom etadi.
O‘zbekiston Superligasining 27-turida «Paxtakor» o‘z maydonida «Qo‘qon-1912»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Sherzod Nasrullayev 6-daqiqada hisobni ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Stefan Chinedu ustunlikni oshirdi.
62-daqiqada Toma Tabatadze mehmonlarning umidini qaytardi. Biroq 90-daqiqada Dostonbek Hamdamov penaltini aniq amalga oshirib, «Paxtakor»ning g‘alabasini ta’minladi.
Ushbu natijadan so‘ng «Paxtakor» 59 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. «Qo‘qon-1912» esa 24 ochko bilan 15-pog‘onani egallab turibdi.
Superliga. 27-tur
Paxtakor — Qo‘qon-1912 3:1
Gollar: Nasrullayev 6, Chinedu 9, Hamdamov 90 (pen.) — Tabatadze 61.
Ogohlantirish: Xasanov 31.
Paxtakor: Quvvatov (Nazarov, 46), Tahseyen, Ibragimov (Bozorov, 69), Mozgovoy, Hamdamov, Karimov, Bo‘riyev, Nasrullayev, Flamarion, Abdumajidov, Chinedu (To‘laganov, 69).
Qo‘qon-1912: Davronov, Yoqubov, Salimov, Sidiqov, Gvazva, Nimeli (Yo‘lchiyev, 77), Hakimov (G‘ulomov, 77), Akramov, Malikjonov (Xusanov, 87), O‘ktamov (Sohibjonov, 60), Xasanov (Tabatadze, 46).