locale OZ

Superliga. «Neftchi» OKMK ustidan superkambek evaziga g‘alaba qozondi

Farg‘onaliklar so‘nggi daqiqalarda ikkita gol urib, mag‘lubiyatdan qutulibgina qolmay, g‘alabani ham ilib ketdi.
Futbol
Superliga. «Neftchi» OKMK ustidan superkambek evaziga g‘alaba qozondi
photo: Neftchi FK

O‘zbekiston Superligasining 27-turida «Neftchi» o‘z maydonida OKMKni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. 88-daqiqada Giorgi Papava penaltidan gol urib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi.

Biroq farg‘onaliklar taslim bo‘lmadi. 90-daqiqada Nurbek Sarsenbayev hisobni tenglashtirdi. 90+8-daqiqada esa Xurshid G‘iyosov g‘alaba golini kiritib, «Neftchi»ga uch ochko taqdim etdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Neftchi» 61 ochko bilan turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. OKMK esa 45 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.

Superliga. 27-tur
Neftchi — OKMK 2:1
Gollar:
Sarsenbayev 90, G‘iyosov 90+8 — Papava 88 (pen.)
Ogohlantirishlar: Karimov 47, Ratinio 74, Abdug‘aniyev 87.

Neftchi: Ergashev, Aliboyev, Ismoilov, Yovovich, Iskanderov, Abdug‘aniyev, Peritsa (Sarsenbayev, 60), G‘ofurov, Odilov (Ratinio, 72), Sayfiyev, Kuao.
OKMK: Abdunabiyev, Papava, O‘lmasaliyev, Ahmadaliyev, Turdialiyev, Sobirjonov, Abdurazzoqov (Xolmurodov, 46), Muqumjonov, Karimov, Peshich, Haqnazariy (Sentoku, 75).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting