locale OZ

FIFA prezidentligi uchun Janni Infantinoga raqib paydo bo‘ldi

U amaldagi prezident Janni Infantinoga raqib bo‘lish niyatida.
Futbol
FIFA prezidentligi uchun Janni Infantinoga raqib paydo bo‘ldi
Foto: Getty Images

Yaponiya futbol assotsiatsiyasi rahbari Kozo Tashima FIFA prezidentligi uchun bo‘lib o‘tadigan navbatdagi saylovda ishtirok etishini ma’lum qildi. U amaldagi prezident Janni Infantinoga raqib bo‘lish niyatida. Bu haqda Yaponiyaning Sports Nippon nashriga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Tashima mamlakat futbol assotsiatsiyasining to‘liq qo‘llab-quvvatlashi ostida saylovda qatnashishga qaror qilgan. U o‘z nomzodini ilgari surishdan maqsad faqat g‘alaba qozonish emas, balki Yaponiya futbolida shakllangan halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini xalqaro miqyosda ilgari surish ekanini ta’kidlagan.

Mazkur qaror FIFA boshqaruvidagi so‘nggi bahs-munozaralar fonida e’lon qilindi. Xususan, Janni Infantinoning 20 milliard dollarlik tijoriy loyiha bilan bog‘liq tashabbusi bir qator milliy federatsiyalar tomonidan tanqid qilingan. Yevropa futbol tashkilotlari ham FIFAda boshqaruv islohotlarini talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, FIFA prezidentligi uchun navbatdagi saylov 2027-yil mart oyida bo‘lib o‘tadi. Amaldagi rahbar Janni Infantino yana bir muddatga o‘z nomzodini ilgari surishni rejalashtirmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting