locale OZ

Merab Dvalishvili va Marlon Moraes besh yildan so‘ng yana to‘qnashadi

Ikki sportchi 14-noyabr kuni Abu-Dabida tashkil etiladigan RAF turniri doirasida uchrashadi.
Boshqa sport turlari
Merab Dvalishvili va Marlon Moraes besh yildan so‘ng yana to‘qnashadi
Foto: Getty Images

UFCning sobiq chempioni Merab Dvalishvili braziliyalik Marlon Moraes bilan navbatdagi bellashuvini o‘tkazadi. Ikki sportchi 14-noyabr kuni Abu-Dabida tashkil etiladigan RAF turniri doirasida uchrashadi. Bu haqda MMA Fighting nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, raqiblar bu safar MMA qoidalari asosida emas, erkin kurash bo‘yicha bellashadi. Ularning ilk to‘qnashuvi 2021-yilda UFC 266 turnirida bo‘lib o‘tgan va o‘shanda Dvalishvili ikkinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan edi.

Gruziyalik jangchi uchun mazkur bahs RAF tashkilotidagi to‘rtinchi ishtirok bo‘ladi. U avvalroq Frenki Edgar va Genri Sexudo ustidan g‘alaba qozongan, keyingi uchrashuvda esa Sexudoga imkoniyatni boy bergan. Moraes yangi tashkilotda ilk bor ishtirok etadi. Braziliyalik sportchi 2023-yilda MMA faoliyatini yakunlagan bo‘lsa-da, keyinchalik musobaqalarga qaytgan.

Ma’lumot uchun, RAF Abu-Dabi turnirining asosiy bellashuvida Hamzat Chimayev va Kolbi Kovington o‘zaro kuch sinashadi. Shuningdek, Arman Tsarukyan hamda Neyman Greysi ishtirokidagi bahs ham dasturdan joy olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting