locale OZ

Dana Uayt Islam Maxachevning kam jang o‘tkazayotganidan norozi

Tashkilot rahbari chempionlar yil davomida ko‘proq oktagonga chiqishi kerakligini ta’kidladi.
Boshqa sport turlari
Dana Uayt Islam Maxachevning kam jang o‘tkazayotganidan norozi
Foto: Getty Images

UFC prezidenti Dana Uayt yarim o‘rta vazn chempioni Islam Maxachevning janglar oralig‘ida uzoq tanaffus qilayotganiga munosabat bildirdi. Tashkilot rahbari chempionlar yil davomida ko‘proq oktagonga chiqishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda MMA Fighting nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Uayt The Mac Life nashriga bergan intervyusida Maxachevning yiliga uch marta jang qilishini kutmasligini, biroq ikki marta oktagonga chiqishini istashini bildirgan. Uning fikricha, chempionning uzoq tanaffus qilishi vazn toifasidagi boshqa da’vogarlarning imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Maxachev yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan UFC 336 turnirida Karlos Pratesga qarshi kamarini himoya qilmasligi ma’lum bo‘lgan. UFC rahbariyatiga ko‘ra, dastlab mazkur jang yuzasidan og‘zaki kelishuv mavjud edi. Biroq chempion Ramazon oyidan keyin jang qilishni ma’qul ko‘rgan. Shu sababli Prates va Maykl Morales o‘rtasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun bahs tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, Islam Maxachev UFC tarixida ikki vazn toifasida chempion bo‘lgan jangchilardan biri hisoblanadi. U tashkilotdagi faoliyati davomida 18 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting