Vasiliy Lomachenko 2027-yil fevral oyida ringga qaytishi mumkin
Ukrainalik sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko filippinlik Charli Suaresga qarshi jang o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar uchrashuvni 2027-yilning 13-fevraliga belgilashni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda BoxingScene nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, jangni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichga yaqinlashgan. Promouter Bob Arumning bildirishicha, g‘olib uchta chempionlik kamariga egalik qilayotgan O’Shaki Fosterga qarshi jang qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Hozircha uchrashuvning aniq manzili tasdiqlanmagan, biroq Las-Vegas asosiy variant sifatida ko‘rilmoqda.
Lomachenko uzoq tanaffusdan keyin professional ringga qaytishga tayyorlanmoqda. Suares esa so‘nggi janglarida yuqori natijalar qayd etib, chempionlik uchun kurashish imkoniyatiga yaqinlashgan. Promouterlar uchrashuvni rasmiylashtirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli Vasiliy Lomachenko professional ringdagi so‘nggi jangini 2024-yil may oyida Jorj Kambososga qarshi o‘tkazgan. Ukrainalik bokschi hisobida 18 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat mavjud. Charli Suares esa 19 ta jangning barchasida g‘alaba qozongan.