locale OZ

“Milan” va “Inter” 1,2 milliard yevrolik yangi stadion loyihasini taqdim etdi

Generali Stadium nomini oladigan inshoot 71 500 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, uning qurilishi uchun taxminan 1,2 milliard yevro sarflanishi kutilmoqda.
Futbol
“Milan” va “Inter” 1,2 milliard yevrolik yangi stadion loyihasini taqdim etdi
Foto: Getty Images

Italiyaning “Milan” va “Inter” klublari afsonaviy “San-Siro” stadioni o‘rniga qurilishi rejalashtirilgan yangi arenaning loyihasini rasman namoyish etdi. Generali Stadium nomini oladigan inshoot 71 500 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, uning qurilishi uchun taxminan 1,2 milliard yevro sarflanishi kutilmoqda. Bu haqda “Milan” klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yangi stadion loyihasi Foster + Partners va MANICA arxitektura kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Inshoot ikki qavatli tribunalar, zamonaviy tom konstruksiyasi hamda muxlislarni maydonga imkon qadar yaqin joylashtirish tamoyili asosida quriladi. Arena akustikasi ham tomoshabinlar yaratadigan muhitni yanada kuchaytirishga moslashtirilgan.

Qurilish ishlarini 2028-yilda boshlash, yangi stadiondan esa 2031/32-yilgi mavsumdan foydalanish rejalashtirilgan. Biroq loyiha ayrim muxlislarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, “Inter” tarafdorlari “San-Siro”ning buzilishiga qarshi chiqib, tarixiy stadionni saqlab qolishni talab qilgan.

Ma’lumot uchun, “San-Siro” stadioni 1926-yilda foydalanishga topshirilgan va hozirda Italiyaning eng yirik futbol arenasi hisoblanadi. “Milan” hamda “Inter” ko‘p yillardan buyon uy uchrashuvlarini aynan shu stadionda o‘tkazib kelmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting