Ramush: «Portugaliya terma jamoasining asosiy tarkibida o‘ynashga haqliman»
«Milan»ning portugaliyalik hujumchisi Gonsalu Ramush milliy terma jamoaning asosiy tarkibidan joy olishga munosib ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, u terma jamoa sardori Krishtianu Ronaldu bilan hujum chizig‘ida samarali harakat qila olishiga ishonch bildirdi.
«Portugaliya terma jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushishni xohlayman. Men o‘z pozitsiyamni aniq bildirdim: agar kimdir o‘yinni birinchi daqiqalardan boshlashga munosib bo‘lsa, bu menman. Bosh murabbiy ham, butun mamlakat ham buni yaxshi ko‘rib turibdi.
Biz Krishtianuning yuksak maqomini cheksiz hurmat qilamiz. Ammo ishonchim komilki, biz birgalikda maydonga ancha ko‘proq tushishimiz mumkin edi. Yaxshi sport formam va urgan gollarim Krishtianuni tarkibdan chiqarish zaruratisiz ham menga ko‘proq ishonch bildirilishi uchun asos bo‘la olardi.
Roberto Martinesdan hech qanday xafagarchiligim yo‘q. Ammo amalda Yevro-2024ni o‘tkazib yubordim. O‘shanda Gruziyaga qarshi hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan uchrashuvda atigi 15 daqiqa o‘ynadim.
2026 yilgi jahon chempionatida Xorvatiya darvozasiga gol urdim, ammo shundan keyin deyarli maydonga tushmadim. Vaholanki, jamoaga katta foyda keltira olishimni yaxshi bilaman. Qaytarib bo‘lmaydigan ikki yirik musobaqani boy berdim», — deya Ramushning so‘zlarini keltirmoqda A Bola nashri.