APL. «Chelsi» - «Tottenhem» bahsi uchun asosiy tarkiblar e’lon qilindi
Angliya Premer-ligasi 8-turining markaziy bellashuvida «Chelsi» va «Tottenhem» o‘zaro bellashadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.
Jamoalarning derbi uchun asosiy tarkiblari e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, Angliya Premer-ligasining 7-turidan so‘ng «Chelsi» 13 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 4-pog‘onasidan joy olgan. «Tottenhem» esa 6 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.
Keyingi turda «ko‘klar» 31 oktyabr kuni «Manchester Yunayted»ga qarshi maydonga tushadi. «Taqachilar» esa shu kuni «Kristal Pelas» bilan bahs olib boradi.
APL. 8-tur
Chelsi — Tottenhem
Chelsi: Penders, Achimpong, Lakrua, Koluill, Netu, Kaysedo, Henderson, Hato, Palmer, Kenda, Rojers.
Tottenhem: Kinski, Robertson, van Hekke, Meddison, Tel, Grey, Tonali, Fernandesh, Kudus, Marmush, van de Ven.